AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressga oraliq saylovlarda respublikachilar mag‘lub bo‘lganidan so‘ng mudofaa vaziri Pit Hegsetni ishdan olishni rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
"Yo‘q, menimcha, u o‘z ishini juda yaxshi bajaryapti", — dedi Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq CBS News o‘z manbalariga tayanib, saylovlardagi mag‘lubiyatdan keyin Oq uyda Hegsetni lavozimidan chetlatish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edi.