Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp HAMASga Isroil bilan kelishuvni qabul qilishi uchun 5 oktyabrgacha muhlat berdi

Tramp HAMASga Isroil bilan kelishuvni qabul qilishi uchun 5 oktyabrgacha muhlat berdi

AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Yakshanba, 5 oktyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 6 oktyabr soat 3:00) gacha HAMAS bilan kelishuvga erishilishi kerak. Ushbu kelishuvga barcha davlatlar rozilik berdi! Agar bu SO‘NGGI IMKONIYAT kelishuviga erishilmasa, HAMAS misli ko‘rilmagan darajadagi jahannamga yo‘liqadi", — deya ta’kidladi Tramp.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti o‘zi tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasiga HAMAS beradigan javobdan qat’i nazar, Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlashga intilishini qo‘shimcha qildi.

Tramp G‘azo sektoridagi urushni yakunlash bo‘yicha rejasini 29 sentyabrda taqdim etgan edi. Rejaga ko‘ra, HAMAS hokimiyatdan chetlatiladi, qurollarni topshirishga rozi bo‘lgan harakat a’zolariga amnistiya beriladi. Isroil hukumati bu rejani ma’qullagandi.

Kiritildi: 20:45 03.10.2025. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!