AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani AQSh milliy xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega deb atab, uni qo‘shib olish zarurligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, orol AQSh tomonidan qurilayotgan «Oltin gumbaz» mudofaa tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.
«AQShga Grenlandiya milliy xavfsizlik uchun kerak. Bu hayotiy muhim. NATO bu yo‘lda bizga yetakchilik qilishi kerak», — deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Bu bayonot Daniya va Grenlandiya rasmiylarining avvalgi e’tirozlari fonida yangradi.