AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauellni foiz stavkalarini pasaytirishdan bosh tortgani uchun "ahmoq" deb atadi.
Bu haqda Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Federal zaxira tizimida bizda ahmoq odam bor... Biz 1-2% bo‘lishimiz kerak", - dedi Oq uy rahbari.
Tramp Federal zaxira tizimining amaldagi raisi o‘rniga uchta nomzod borligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell Oq uy tomonidan joriy qilingan tariflar yaqin kelajakda inflyasiyaning sezilarli darajada oshishiga olib kelishini aytgan edi. Amerika yetakchisi keyinroq Pauellni “juda siyosatlashgan yigit” va “juda ahmoq odam” deb atadi va u funksioner o‘rniga uch yoki to‘rtta nomzodni ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qildi.