AQSh prezidenti Donald Tramp kecha barcha federal agentliklarga Anthropic texnologiyalardan foydalanishni darhol to‘xtatishni buyurganini e’lon qildi va kompaniya mahsulotlaridan foydalanadigan Mudofaa vazirligi kabi agentliklarga olti oylik o‘tish davri berilishini qo‘shimcha qildi.
Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Men Qo‘shma Shtatlar hukumatining har bir federal agentligiga Anthropic texnologiyalardan foydalanishni darhol to‘xtatishni buyuraman. Bizga bu kerak emas, biz uni xohlamaymiz va endi ular bilan biznes qilmaymiz!" deb yozgan u.
U Trampning buyrug‘i Pentagon va yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyasi bo‘lgan Anthropic o‘rtasida harbiylarning urush paytida sun’iy intellektdan qanday foydalanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar tufayli yuzaga kelgan mojaro fonida chiqarilganini eslatdi.