Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp falastinliklarni Liviyaga chiqarib yuborishni rejalashtirmoqdami?

Tramp falastinliklarni Liviyaga chiqarib yuborishni rejalashtirmoqdami?

Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan Liviyaga 1 million falastinlikni doimiy ravishda chiqarib yuborish rejasini ishlab chiqmoqda, deya xabar bermoqda NBC News tashabbusdan xabardor beshta manbaga tayanib.

Xabar qilinishicha, Trampning rejasi “juda jiddiy muhokama bosqichida” va AQSh prezidenti ma’muriyati Liviya yetakchilari bilan allaqachon muhokama qilgan.

❕ Isroil hukumati, Davlat departamenti va AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi so‘zlovchilari maqola chop etilishidan oldin izoh berish haqidagi ko‘plab so‘rovlarga javob bermadi, biroq nashrdan keyin Davlat departamenti vakili bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

So‘nggi haftalarda Tramp ma’muriyati ham Liviyani Qo‘shma Shtatlardan deportasiya qilmoqchi bo‘lgan ayrim muhojirlar uchun manzil sifatida ko‘rmoqda. Biroq, bir guruh muhojirlarni Liviyaga yuborish rejalari shu oy federal sudya tomonidan to‘xtatildi.

Kiritildi: 14:24 17.05.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!