AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyadan energiya resurslari sotib olish uchun 250 milliard dollar to‘laganini ma’lum qildi.
U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
«Evropa Ittifoqi Rossiyaga energiya resurslari uchun 250 milliard dollar to‘ladi. Soxta axborot vositalari esa bu mavzuga hatto yaqinlashishni ham istamayapti», — deb yozdi Tramp.
AQSh prezidenti o‘z bayonotida Yevropa mamlakatlarining Rossiya energetika resurslari uchun amalga oshirgan to‘lovlariga e’tibor qaratdi va ommaviy axborot vositalarini ushbu masalani yetarlicha yoritmayotganlikda aybladi.