Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Eronning taklifini rad etishi mumkin: Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va yadroviy dastur boshi berk ko‘chada

Tramp Eronning taklifini rad etishi mumkin: Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va yadroviy dastur boshi berk ko‘chada

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning mojaroni hal qilish bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Tehron tomonidan taqdim etilgan rejaga ko‘ra, Eron Hurmuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun qayta ochishni taklif qilgan. Biroq yadroviy dastur va uranni boyitish bilan bog‘liq asosiy masalalarni keyingi muzokaralarga qoldirishni so‘ragan. Nashrning yozishicha, Tramp bunday shartlarga rozi bo‘lishi amrimahal.

AQSh ma’muriyati yadroviy masala hal etilmasdan turib bo‘g‘ozni ochish Tehronga nisbatan muhim bosim vositasidan voz kechish deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, bo‘g‘ozning yopiq qolishi jahon bozorida energiya resurslari narxining oshishiga va AQShning o‘zida yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!