"Men hozirgina Eronning vakillari deb ataluvchi tomonning javobi bilan tanishib chiqdim. Bu menga yoqmayapti, bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat!", — dedi AQSh prezidenti.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning yadroviy dasturi Tehron va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchilikning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq, Eron AQShning urushni hal qilish bo‘yicha taklifiga javob qaytargandi. Al Jazeera telekanalining Pokistondagi diplomatik manbasiga tayanib xabar berishicha, Islomobod Tehronning mojaroni hal qilish bo‘yicha AQSh taklifiga qaytargan javobini Vashingtonga ma’lum qilgan.
Eron davlat teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tehronning javobida Livanda o‘t ochishni to‘xtatish sharti ham mavjud.