Tramp Eron osmoni ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi.
«Endi biz Eronning havo fazosi ustidan to‘liq va mutlaq nazoratga egamiz. Eronda osmonni kuzatish bo‘yicha yaxshi tizimlar va boshqa mudofaa uskunalari bor edi, ular ham kam emas edi, lekin ular Amerikada yaratilgan, ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan texnologiyalar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bunday narsalarni biz – qadrdon Amerikadan boshqa hech kim yaxshi qilolmaydi», – deb yozdi u Truth'da.