Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronning barcha neft quduqlari va Xark orolini yo‘q qilish bilan tahdid qildi

 Tramp Eronning barcha neft quduqlari va Xark orolini yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Agar Tehron biror sababga ko‘ra yaqin orada kelishuvga rozi bo‘lmasa va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan “biznes uchun ochilmasa”, biz Erondagi “tashrifimizni” ularning barcha elektr stansiyalari, neft quduqlari va Xark orolini (ehtimol, barcha suvni chuchuklashtirish qurilmalarini ham) portlatib, butunlay yo‘q qilish bilan yakunlaymiz. Biz hozirgacha ularga ataylab tegmagandik.

​Bu Erondagi “terrorchi rejim”ning 47 yillik hukmronligi davomida shafqatsizlarcha o‘ldirgan ko‘plab askarlarimiz va boshqa insonlar uchun qasos bo‘ladi", — deb yozdi Donald Tramp.

​U, shuningdek, Vashington Eronning “yangi va ancha oqil” hukumati bilan mojaroni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 19:04. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!