Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Eronga «vayronkor zarba» bilan tahdid qildi

Tramp Eronga «vayronkor zarba» bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron Vashington bilan yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Amerika harbiylari Eronga o‘tgan yozdan ko‘ra ko‘proq vayronkor zarba berishga tayyor ekanligini aytdi. «Umid qilamanki, Eron tezda muzokaralar stoliga o‘tiradi va adolatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib boradi - yadroviy qurolsiz. Bu barcha tomonlar uchun yaxshi bo‘ladi. Vaqt tugayapti. Bu haqiqatan ham juda muhim!», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. «Keyingi hujumimiz ancha yomon bo‘ladi. Buning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymang», deb ta’kidladi u. Bir kun oldin Tramp Amerika kemalari armadasi Eron tomon harakatlanayotganini e’lon qildi, ammo Vashington oxir-oqibat Tehron bilan kelishuvga erishishga umid qilayotganini ta’kidladi. 26 yanvar kuni Fligtradar 24 ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan dushanba kuni jangovar eskort kemalari bilan birga AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) mas’uliyat zonasiga kirgan AQShning USS Avraam Lincoln aviatashuvchisi Ummon qirg‘oqlari yaqinida Arabiston dengiziga joylashgan edi. Shu bilan birga, Fox News xabardor manbaga tayanib xabar berishicha, AQSh dengiz flotining aviatashuvchi zarba berish guruhi hozirda Eronga zarba berishga hozirlangani yo‘q va to‘liq operasion tayyorgarlikka erishish uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 22 iyunda AQSh Erondagi uchta yadroviy inshootga: Fordo, Isfahon va Natanzga zarba berdi.

Kiritildi: Bugun 20:02. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!