Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 noyabr kuni Xitoyning Shenchjen shahriga bordi. U yerda Xitoy rahbari Si Jinpin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tashqi siyosiy hamkorlik barqaror rivojlanayotganini ta’kidladi. Si Jinpin esa ikki davlat munosabatlarini “tog‘dek mustahkam”deb atadi.
Rossiya Prezidentining bayonotlari:
▪️Rossiya va Xitoy yanada adolatli ko‘p qutbli tartibni yaratishga konstruktiv yondashuvga amal qilmoqda.
▪️Rossiya va Xitoyning umumiy maqsadi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida farovonlikni ta’minlashdir.
▪️Pekin tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan vizasiz rejim tufayli Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro turizm o‘sib bormoqda.
▪️Rossiya va Xitoy ikki mamlakat xalqlariga foyda keltirish uchun birgalikda ishlamoqda.
Si Szinpinning bayonotlari:
▪️Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keng istiqbollarga ega va global iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq emas.
▪️Rossiya-Xitoy munosabatlari har qanday qiyinchilik va bo‘rondagi kema kabi barqaror bo‘lib qolmoqda.
▪️Xitoy Osiyo-Tinch okeani mintaqasida farovonlikni ta’minlash uchun Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor.
▪️Rossiya-Xitoy munosabatlari dunyoga yanada barqarorlik olib keladi va keng istiqbollarga ega.
▪️Xitoy va Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishga va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga hissa qo‘shadi.