AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni yumshatishga tayyor.
Bu haqda Axios nashri AQSh rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.
"Prezident Tramp yadroviy masalada aniq yutuqlar evaziga Eronga sanksiyalarni yengillashtirish va muzlatilgan mablag‘larni ozod qilishga tayyor", deyiladi xabarda.
Avvalroq Tramp Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni qayta tiklash bo‘yicha taklif qilingan rejasini rad etgan edi. Uning ta’kidlashicha, Tehron bo‘g‘ozni darhol ochadigan kelishuvga erishmoqchi. AQSh prezidenti bunday kelishuvni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi. Shuningdek, u Eron yadroviy qurolga ega bo‘la olmasligini yana bir bor ta’kidladi.