Eron «mamlakatdan hech narsa qolmasidan oldin» AQSh bilan kelishuv tuzishi kerak, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
«Erondagi eng yirik ko‘prik qulab tushdi va u endi hech qachon ishlatilmaydi — oldinda hali ko‘p narsalar bor! Eron uchun juda kech bo‘lmasdan va hali buyuk davlatga aylanishi mumkin bo‘lgan mamlakatdan ozgina bo‘lsa-da nimadir qolgan vaqtda kelishuv tuzish fursati yetdi!» — dedi Tramp.
Bugun AQSh va Isroilning havo hujumi natijasida Erondagi «B1» avtomobil ko‘prigi qisman vayron qilindi. Ushbu inshoot Tehronni mamlakatning g‘arbiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy infratuzilma ob’ekti hisoblanadi. Uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan «B1» ko‘prigi shu yilning boshida ochilgan edi. Eron rasmiylari uni G‘arbiy Osiyodagi eng baland ko‘priklardan biri deb atashgan.