AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy kelishuvdan bosh tortadigan bo‘lsa, yangi harbiy zarba bilan tahdid qildi. Bu haqda u Truth Social sahifasida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron tomon yo‘naltirilgan avianoses “Avraam Linkoln” boshchiligidagi katta harbiy kuchga ega va flot zarurat bo‘lsa, kuch ishlatishga tayyor.
Tramp Tehronni yadroviy qurolga ega bo‘lmaslikni nazarda tutuvchi “adolatli kelishuv”ga chaqirib, qaror qabul qilish uchun qolgan vaqt juda kam ekanini ta’kidladi.