AQSh prezidenti Donald Tramp Erondan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochishni talab qildi.
Uning bayonotiga ko‘ra, agar bu talab bajarilmasa, AQSh Eronning energetika ob’ektlariga zarba berishi mumkin.
Tramp hatto zarbalar yirik elektr stansiyalaridan boshlanishini ta’kidladi.
Hozircha Eron tomoni bu ultimatumga rasmiy javob bermagan.
Tahlilchilar fikricha, bu holat Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada keskinlashtirib, neft va gaz infratuzilmalariga tahdidni kuchaytirishi mumkin.