Tramp Erondagi maktabga berilgan zarba bo‘yicha tergov natijasini qabul qilishga va’da berdi — BBC.
AQSh prezidenti Minobdagi harbiy baza yaqinidagi boshlang‘ich maktabga berilgan zarba bo‘yicha savolga javob berdi. Hujum natijasida 168 kishi halok bo‘lgan, ulardan 110 nafari bolalar edi.
Tramp zarba tekshirilayotganini va bu hisobotning natijasidan rozi bo‘lishga tayyor ekanini ta’kidladi. U, shu bilan birga, Tomahawk raketalari go‘yoki bir necha davlat, jumladan, Eron tomonidan qo‘llanilmoqda, degan fikrga ishora qildi. Ammo avvalroq ekspertlar BBC’ga Isroil va Eronda Tomahawk raketalari yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Eronning Mehr agentligi e’lon qilgan va BBC Verify jurnalistlari tasdiqlagan video maktab yaqinidagi harbiy bazaga AQSh Tomahawk raketasi kelib urilganini ko‘rsatdi. Biroq Tramp bu zarba uchun Eronni javobgar deb hisoblamoqda.