Donald Trampning aytishicha, Eron milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha FIFA Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Biroq AQSh prezidenti sportchilarning hayoti va xavfsizligi nuqtai nazaridan bu qaror maqsadga muvofiq emas, deb hisoblashini bildirdi.
«Eron terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etsin, marhamat. Lekin men sportchilarning o‘z hayoti va xavfsizligi uchun u yerda bo‘lishi maqsadga muvofiq deb o‘ylamayman», — dedi Tramp.