Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eron bilan urushni yadroviy kelishuvsiz to‘xtatishga tayyor — The Wall Street Journal

Tramp Eron bilan urushni yadroviy kelishuvsiz to‘xtatishga tayyor — The Wall Street Journal


Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti yordamchilariga agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun to‘liq ochsa, Tehron bilan sulhni uzaytirishga tayyorligini aytgan.

Oq uyning hisoblashicha, AQSh harbiy amaliyot vazifalarini allaqachon bajargan va endilikda kemalar qatnovini tiklash yangi yadroviy kelishuvdan ko‘ra muhimroqdir.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘liq ochilgan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi dengiz blokadasini olib tashlashi va harbiy harakatlarni to‘xtatishi mumkin, deyiladi WSJ xabarida.

Kiritildi: 23:08 09.08.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!