Ynet nashri manbalariga ko‘ra, Oq uy bu qaror haqida Isroil tomonini ham oldindan xabardor qilgan.
Donald Tramp sulh muddatini uzaytirish haqida 21 aprel kuni e’lon qilgandi. Bu qaror Tehron o‘sha kuni Pokistonda rejalashtirilgan muzokaralarni e’tiborsiz qoldirgani va AQSh talablariga javob bermaganidan so‘ng qabul qilingan.
Oq uy rasmiy ravishda aniq “yakuniy muddat”ni e’lon qilmagan. Prezident matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, Tramp qat’iy muddat belgilamagan va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab turib, “butunlay mag‘lub etilgan rejimga ma’lum darajada moslashuvchanlik ko‘rsatmoqda”.
Hozirda Vashington Eron tomonidan AQSh takliflariga qandaydir javob kutmoqda. Livittning ta’kidlashicha, Tehronda ichki kelishmovchiliklar mavjud.