AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarni qayta boshlash imkoniyatini istisno qilmadi.
Tramp bu haqda jurnalistlarga Eron bilan muzokaralarni qayta boshlash niyatida ekanligi haqida aytib aytib o‘tdi.
"Balki qachondir, lekin hozir vaziyat yaxshi ketmoqda. Lekin ehtimol qachondir. Biz Hormuzni to‘liq nazorat qilamiz. Odamlar Hormuzga alternativ izlamoqda. Bilasizmi, bu alternativlar nima: Texas, Alyaska, Luiziana. Odamlar Qo‘shma Shtatlarga neft uchun kelishadi", deb ta’kidladi Tramp.