Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Erdog‘anni Tinchlik kengashining muassisi bo‘lishga taklif qildi

Tramp Erdog‘anni Tinchlik kengashining muassisi bo‘lishga taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni G‘azo sektori tiklanishi va xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan «Tinchlik kengashi»ning muassis- a’zosi bo‘lishga taklif qildi, deb xabar beradi Anadolu.

Tramp Erdog‘anni Gazo shahrini tiklash uchun tashkil etilgan «Tinchlik kengashi»ning muassisi bo‘lishga taklif qildi.

Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa boshqarmasi rahbari Burxanettin Duranning ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 16 yanvarda Tramp Erdog‘anga «Tinchlik kengashi»ning muassis-a’zosi bo‘lishga taklif qiluvchi xat yo‘llagan.

Amerika rahbari Erdog‘anga Kengashning ishida qatnashish taklif etilganini, u G‘azo sektori tiklanishi va xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishini aytgan.

— BMT Xavfsizlik Kengashi 2803 rezolyusiyasi bilan AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan G‘azodagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha keng qamrovli rejani qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shu doirada «Tinchlik kengashi» va uning tuzilmalari tashkil etilib, G‘azoning xavfsizligini ta’minlash va tiklash ishlariga mas’ul bo‘ladi, — deb yozdi Duran Turkiyaning NSosyal platformasida.

Bundan avval xabar qilinganidek, «Tinchlik kengashi»ning ijrochi tarkibiga AQSh davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kushner, Jahon banki rahbari Adjay Banga va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler kabi shaxslar kirishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 14:53. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!