Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp “Epshteyn fayllari”ni e’lon qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Tramp “Epshteyn fayllari”ni e’lon qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq barcha materiallarni oshkor qilishni talab qiluvchi qonunni imzolaganini e’lon qildi.

Mazkur qonunga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi “Epshteyn ishi” bo‘yicha tergovdagi barcha ma’lumotlarni “qidirish va yuklab olish imkoniyati bo‘lgan formatda” 30 kun ichida e’lon qilishi shart.

Shu bilan birga, AQSh bosh prokurori va adliya vaziri Pem Bondi amaldagi federal tergovga xavf tug‘dirishi yoki jabrdiydalarning shaxsini oshkor qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yashirish huquqiga ega.

Noyabr oyi boshida demokratlar Epshteynning elektron maktublarini e’lon qilgandi. Unda AQShning amaldagi prezidenti “qizlardan biri Tramp bilan bir necha soat o‘tkazgani” da’vo qilingan edi. Maktublar e’lon qilingach, Tramp FQBni Epshteynni Qo‘shma Shtatlarning 42-prezidenti, demokrat siyosatchi Bill Klinton bilan aloqalarini tekshirishga chaqirgandi.

Kiritildi: Bugun 16:44. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!