Tramp Davos Xalqaro iqtisodiy forumida G‘azo sektori uchun tashkil etilgan Tinchlik kengashi vakolatlarini kengaytirish haqida e’lon qiladi — Axios.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti Davosga har qachongidan ham dadil va katta maqsadlar bilan yo‘l olmoqda.
Nashr manbasi so‘nggi haftalarda Donald Tramp endi faqat Qo‘shma Shtatlarda hukmronlik qilish bilan cheklanishni istamasligini namoyon etganini, Tinchlik kengashi faoliyati G‘azo sektori doirasida cheklanib qolmasdan butun dunyo miqyosidagi kengash bo‘lishini aytib o‘tgan.
"AQShning ba’zi ittifoqchilari ushbu tashabbusni BMT Xavfsizlik kengashi bilan raqobat qilishga urinish sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, mazkur tuzilma doirasida Tramp qarorlar qabul qilishda mutlaq veto huquqiga ega bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda Axios.