Amnesty International inson huquqlari sohasida kuchayib borayotgan global inqiroz haqida ogohlantirdi, bunga sabab sifatida “Tramp effekti” keltirilmoqda, BBS
Huquqni himoya qiluvchi tashkilot o‘zining “Dunyo bo‘ylab inson huquqlari holati” yillik hisobotida AQSh ma’muriyatining harakatlari allaqachon mavjud bo‘lgan zararli tendensiyalarni kuchaytirayotgani, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlarni zaiflashtirayotgani va sayyoradagi milliardlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yayotganini qayd etdi.
"Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon 100 kun ichida inson huquqlarining umumbashariy qadriyatlariga nisbatan to‘liq bepisandligini ko‘rsatdi. Uning hukumati Qo‘shma Shtatlarning va xalqaro darajadagi xavfsizlik hamda adolatga xizmat qiluvchi muhim institut va tashabbuslarni tezkor va ataylab nishonga oldi. Uning xilma-xillik, boshpana, irqiy va gender tengligi, global sog‘liqni saqlash va iqlim bo‘yicha zaruriy choralarga qarshi ommaviy hujumi bu prinsiplar va institutlarga ilgari yetkazilgan zararlarni yanada chuqurlashtirmoqda", — dedi tashkilot bosh kotibi Anes Kallamar.
Amnesty International'ga ko‘ra, inson huquqlariga bosim avval ham mavjud bo‘lgan, ammo Donald Tramp bu zararli tendensiyalarning “supertezlatkichiga” aylangan.
Hisobotda aytilishicha, 2024 yilda Yaqin Sharq, Sudan, Ukraina va Afg‘onistondagi mojarolar millionlab insonlarning hayotini izdan chiqargan. Shu bilan birga, AQSH, Rossiya va Xitoy kabi dunyoning eng yirik davlatlari xalqaro huquq, qashshoqlikka qarshi kurash va diskriminasiyaga qarshi harakatlarga jiddiy putur yetkazmoqda.