Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish g‘oyasini ma’qulladi

Tramp Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish g‘oyasini ma’qulladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Donbasda erkin iqtisodiy zona yaratish g‘oyasi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga yordam berishi mumkinligini aytdi.

"Vaziyat juda og‘ir, lekin g‘oya amalga oshishi mumkin va ko‘pchilik uning ishlashini xohlaydi", dedi Amerika rahbari 1980 yilda Leyk-Plasiddagi Olimpiadada g‘olib chiqqan AQSh xokkey jamoasiga medallarni topshirish marosimida.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, AQSh rasmiylari "hozirda" Ukraina bo‘yicha tinchlik bitimi tuzish imkoniyati ustida ishlamoqda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat aholisi Ukraina Qurolli kuchlarini Donbasning o‘zlari nazorat qilgan qismidan olib chiqib ketish bo‘yicha o‘z pozisiyasini saylovlar yoki referendum orqali bildirishi kerakligini aytgandi.

Kiritildi: 10:10 13.12.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!