Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Davlat departamentining Afrikadagi faoliyatini qisqartirmoqchi

Tramp Davlat departamentining Afrikadagi faoliyatini qisqartirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Davlat departamenti va AQShning Afrikadagi elchixonalari faoliyatini qisqartirish haqidagi farmonni imzolashi mumkin.

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, farmon Davlat departamentini tubdan qayta qurish, jumladan, Afrika qit’asidagi ko‘plab mamlakatlardagi AQSh elchixonalarini yopishni nazarda tutadi.

Farmonda iqlim o‘zgarishi, migrasiya va inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi byuroni qisqartirish haqida ham ma’lumotlar bor, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, eng jiddiy o‘zgarish Afrika mamlakatlaridagi siyosatni nazorat qiluvchi bo‘limning tugatilishi bo‘ladi. Uning o‘rniga Oq uy Milliy xavfsizlik kengashiga hisobot beradigan AQShning Afrika ishlari bo‘yicha maxsus elchisining idorasi tayinlanadi.

14 aprel kuni The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Davlat departamentiga ajratiladigan byudjet mablag‘larini deyarli yarmiga qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Xalqaro tashkilotlarga ajratiladigan mablag‘lar miqdori yanada ko‘proq – qariyb 90 foizga qisqartiriladi.

Kiritildi: 18:39 20.04.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!