Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Buyuk Britaniyaning Chagos arxipelagi bo‘yicha kelishuvini “ojizlik va axmoqlik” deb atadi

 Tramp Buyuk Britaniyaning Chagos arxipelagi bo‘yicha kelishuvini “ojizlik va axmoqlik” deb atadi

Tramp Buyuk Britaniyaning Chagos arxipelagi bo‘yicha kelishuvini “ojizlik va axmoqlik” deb atadi — Reuters.

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning Chagos arxipelagi ustidan suverenitetni Mavrikiyga topshirish bo‘yicha qarorini yoqlamasligini bildirdi. Uning fikricha, arxipelag tarkibidagi Diyego-Garsiya orolida joylashgan AQSH–Buyuk Britaniya harbiy bazasi bilan bog‘liq ushbu kelishuv “mutlaq ojizlik” va “katta ahmoqlik” hisoblanadi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Buyuk Britaniyani tanqid qilib, London hech qanday asosli sabab bo‘lmasdan strategik ahamiyatga ega hududdan voz kechayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat Xitoy va Rossiyaning e’tiboridan chetda qolmaydi. Tramp mazkur vaziyatni Grenlandiyani qo‘lga kiritish zarurligini asoslovchi omillaridan biri sifatida keltirdi.

"Avvalroq Tramp ma’muriyati Hind okeanidagi Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish, biroq Diyego-Garsiya harbiy bazasini Buyuk Britaniya nazoratida 99 yillik ijara asosida saqlab qolishni nazarda tutgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan edi. Endi esa Tramp avvalgi pozisiyasini o‘zgartirdi", deb yozmoqda Reuters.

Rasmiy London sud qarorlari Diyego-Garsiya bazasining kelajakdagi faoliyatiga xavf tug‘dirganini ta’kidlab, Chagos bo‘yicha kelishuv aynan milliy xavfsizlik sabablariga ko‘ra tuzilganini bildirdi. Buyuk Britaniya rasmiylariga ko‘ra, kelishuv allaqachon yakunlangan va uni qayta ko‘rib chiqish imkonsiz.

Kiritildi: Bugun 17:51. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!