Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Britaniyaning Falastinni tan olishini istamayapti

Tramp Britaniyaning Falastinni tan olishini istamayapti

AQSh Prezidenti Londonning Falastin davlatchiligini tan olish qaroridan norozi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Britaniyaning Falastin davlatini tan olish rejasiga ochiqchasiga qarshi chiqdi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Tramp shunday dedi:
«Men bu masalada Bosh vazir bilan rozi emasman. Aslida, bu bizning kam sonli kelishmovchiliklarimizdan biri».

Uning ta’kidlashicha, Londonning bu qadami HAMASni rag‘batlantirishi va tinchlik kelishuvi imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

The Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Bosh vazir Starmer rasmiy e’lonni Tramp tashrifi tugaguncha kechiktirishga qaror qilgan, shunda bu qaror prezident tashrifini soya ostida qoldirmasligi kerak edi. Endi esa u 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda ochiladigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasiga qadar Falastinni rasman tan olishni rejalashtirmoqda.

Starmer ta’kidlashicha, Londonning bu qadami Xavfsiz Isroil va barqaror Falastin davlatini barpo etishga qaratilgan. U shuni ham qo‘shimcha qildi:
"HAMASga kelajakdagi hukumatda o‘rin bo‘lmaydi".

London avval boshdan Falastinni tan olishga qarshi edi, bu qadam tinchlik jarayoni uchun maksimal samara keltiradigan vaqtda amalga oshirilishi kerak deb hisoblagan. Biroq Fransiya va boshqa Yevropa ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlar va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning iyul oyidagi bayonotidan so‘ng, Starmer o‘z pozisiyasini o‘zgartirdi.

Britan rasmiylari ta’kidlashicha, Isroilning G‘azo hududini blokadadan chiqarish yoki hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortgani, ularni shunday qadamga borishga majbur qildi:
"Bizda endi harakat qilishdan boshqa iloј qolmadi", deyishmoqda ular.

Trampning qarshiligi Vashingtonning ikki davlat yechimini amalga oshmaydigan g‘oya sifatida qabul qilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, u Starmer bilan munosabatlarni keskinlashtirishni istamayapti, chunki Britaniyaning bu qadamini ramziy va Isroilga tahdid solmaydigan deb hisoblamoqda (bu haqda Guardian yozmoqda).

Ayni paytda, Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortishi va Qatarga qarshi bombardimonlarini keskin tanqid qilmoqda.

Falastinni tan olish London bilan Falastin ma’muriyati o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarni mustahkamlaydi, ammo Buyuk Britaniya uchun hech qanday yangi huquqiy majburiyatlar yuklamaydi. Shu bilan birga, leyboristlar partiyasi ichida Isroil bilan savdoni cheklash kabi yanada qat’iy choralarga chaqiruvlar ko‘paymoqda.

Kiritildi: 17:53 19.09.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!