Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026. Qatar 94-daqiqada Shveysariyadan ochko tortib oldi (video)

JCH-2026. Qatar 94-daqiqada Shveysariyadan ochko tortib oldi (video)

Shveysariya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvida Qatar terma jamoasi bilan durang o‘ynadi — 1:1. O‘yin AQShning Santa-Klara shahridagi «Livays» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida shveysariyaliklar hujumchisi Brel Embolo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 90+4-daqiqada esa qatarliklar himoyachisi Bualem Xuxi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Shveysariya va Qatar bir ochkodan jamg‘arishdi. «B» guruhining boshqa ishtirokchilari — Bosniya va Gersegovina hamda Kanada terma jamoalari hisobida ham bittadan ochko mavjud.

Navbatdagi o‘yinda shveysariyaliklar 18 iyun kuni Bosniyaga qarshi maydonga tushadilar, Qatar esa 19 iyun kuni Kanada bilan kuch sinashadi.

QATAR — SHVEYSARIYa — 1:1
Gollar:
Brel Embolo 17-pen (0:1), Bualem Xuxi 90+4 (1:1).
Qatar: Abunada, Pedru Migel, Xuxi, Axmed, Al-Oui (Budiaf, 60), Madibo (Al-Mannai, 78), Laye, Abdulsallam (Fati, 60), Afif, Edmilson Junior (Al-Xaydos, 88), Abdurisak (Al-AYEldin, 60).
Shveysariya: Kobel, Elvedi, Akandji, Rodriges (Muxaym, 89), Zakariya, Djaka, Froyler (Yashari, 89), Ebisher (Manzambi, 65), Vargas (Amduni, 79), Ndoy (Rider, 65), Embolo.
Ogohlantirishlar: Abunada (16), Abdulsallam (23) — Zakariya (42).

Kiritildi: Bugun 08:08. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!