AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning 2024 yilda qayta saylanishi rejalariga ishonmasligini aytdi.
“Men uning qayta saylanishi rejalariga ishonmayman. Unda nimadir noto‘g‘ri”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Sobiq prezident jurnalistlar bilan so‘nggi suhbatida Bayden qancha vaqt hokimiyatda qolish niyatida ekanligi haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bera olmaganini esladi.