Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp AQShning Yamanga zarbalari hech qanday natija bermagani tufayli husiylar bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi — The New York Times

 Tramp AQShning Yamanga zarbalari hech qanday natija bermagani tufayli husiylar bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi — The New York Times

Qo‘shma Shtatlar Yamandagi harbiy kampaniyaning dastlabki 30 kuni ichida husiylar AQShga tegishli yetti dona MQ-9 dronini (har biri taxminan 30 million dollar turadi) urib tushirdi. Bu esa AQSh Markaziy Qo‘mondonligining husiylarni kuzatish va ularga zarba berish imkoniyatlarini jiddiy qiyinlashtirdi.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarga tegishli F-16 va F-35 qiruvchi samolyotlari husiylarning havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilishiga sal qolgan, bu esa AQSh harbiylari orasida yo‘qotishlar ehtimolini yanada oshirgan.

"Qo‘shma Shtatlarning Yamandagi operasiyasi hech qanday natija bermadi. AQSh husiylar ustidan hatto havoda ustunlikni ham qo‘lga kirita olmadi. Aksincha, 30 kunlik kuchaytirilgan kampaniyadan so‘ng Yaman guruhiga qarshi bo‘lgan yana bir qimmat, ammo samarasiz harbiy operasiya yuzaga keldi", deb yozadi NYT.

Shundan so‘ng, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Ummon rasmiylari tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish taklifi kelganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, amerikaliklar Yamanda bombardimonlarni to‘xtatadi, husilar esa Qo‘shma Shtatlar kemalariga hujum qilmaydi, lekin bu hech qanday rasmiy kelishuvsiz amalga oshadi.

Yaqin Sharqdagi cho‘zilgan urushlarga doimo shubha bilan qaragan Tramp, Yamandagi harbiy kampaniyaning 31-kunida hech qanday natijani ko‘rmagach, bu taklifga rozi bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 13:36. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!