Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga qilingan hujumga javob qaytarishga va’da berdi

Tramp AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga qilingan hujumga javob qaytarishga va’da berdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti "javob qanday bo‘lishini yaqin orada bilib olasiz", deya ta’kidladi.

"Biz ularga ulkan zarar yetkazyapmiz. Vashington o‘z maqsadiga erishishga juda yaqin turibdi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Ar-Riyoddagi diplomatik vakolatxonasiga 2 ta dron bilan hujum qilingan, shundan so‘ng kichik yong‘in yuz bergan.

Vazirlik yetkazilgan zarar katta emasligini bildirgan. Hujum paytida elchixonada hech kim bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat tug‘ilsa, Eronga quruqlik qo‘shinlari kiritilishini istisno etmadi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!