AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda yangi aholi ro‘yxatga olish jarayonini boshlashni AQSh Savdo vazirligiga topshirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Men vazirlikka zamonaviy ma’lumot va raqamlarga asoslangan, aniq aholi ro‘yxatini tayyorlashni buyurdim. 2024 yilgi prezident saylovlari natijalari ham inobatga olinadi», — dedi Tramp.
Unga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy ravishda yashovchi shaxslar ro‘yxatga olishda hisobga olinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda navbatdagi prezident saylovlari 2028 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.