Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan muzokaralar boshida AQSh prezidenti Donald Tramp ikki mamlakat munosabatlarida vaqti-vaqti bilan qiyinchiliklar bo‘lganini, ammo ular tezda hal qilinganini tan oldi.
Tramp bu bayonotni Pekindagi Xalq yig‘ilishlari zalida ma’lum qildi.
"Biz bir-birimizni uzoq vaqtdan beri bilamiz... Bizning ajoyib munosabatlarimiz bor edi. Biz til topishib ketdik va qiyinchiliklar paydo bo‘lganda, ularni hal qildik", dedi Tramp.
"Odamlar buni bilishmaydi, lekin muammoga duch kelganimizda, biz uni juda tez hal qildik", deya qo‘shimcha qildi u.