Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh uchun yangi Buyuk Depressiyani bashorat qildi

A A A
Tramp AQSh uchun yangi Buyuk Depressiyani bashorat qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining siyosati mamlakatda yangi iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin. Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bu haqida RSBN telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi .

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu inqiroz miqyosi bo‘yicha AQShda 1929-1939 yillardagi Buyuk Depressiyaga o‘xshash bo‘ladi. Trampning ta’kidlashicha, iqtisodiy muammolarni yengish uchun «o‘nlab yillar» kerak bo‘ldi.

«Siz ko‘p yomon narsalarni kutishingiz mumkin. Biz 1929 yildagidek tushkunlikka tushib qolishimiz mumkin, bu qo‘rqinchli bo‘lardi», — dedi siyosatchi.

Kiritildi: 02:24 09.08.2024. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!