Qo‘shma Shtatlar Eron bo‘yicha tez orada qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda, dedi Amerika yetakchisi Donald Tramp jurnalistlarga.
"Tez orada Eron bo‘yicha qaror qabul qilamiz", dedi Tramp.
Avvalroq Axios portali Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni Rimda bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar qilgandi. Nashrning ta’kidlashicha, joylashuvni o‘zgartirish AQSh tomonidan taklif qilingan.
13 aprel kuni The Wall Street Journal gazetasi agar Qo‘shma Shtatlar bir qator talablarni bajarsa, Eron 2015 yilgi yadroviy kelishuvda ko‘rsatilgan shartlarga qaytishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni Maskatda AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Oq uy muzokaralar konstruktiv o‘tganini aytdi.