Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: AQSh tariflardan kuniga 2 milliard dollar daromad olmoqda

Tramp: AQSh tariflardan kuniga 2 milliard dollar daromad olmoqda

Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy qilingan bojlar mamlakatga har kuni 2 milliard dollarga yaqin daromad keltirmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda ma’lum qildi, deb xabar beradi Anadolu.

Tramp 2 aprel kuni joriy qilingan tariflarga izoh berib, ularni “o‘zaro savdo kelishuvlari” deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar o‘z samarasini isbotlagan.

“Biz ajoyib natijalarga erishdik, har kuni 2 milliard dollarga yaqin daromad olmoqdamiz”, – dedi prezident.

Amerika rahbari, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan yangi shartlar bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanganini ma’lum qildi.

“Hozir Yaponiya delegasiyasi kelishuvga erishish uchun bizga kelmoqda, Janubiy Koreya ham kelishuvga erishishga harakat qilmoqda, boshqa davlatlar ham bu yo‘nalishda harakat qilmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, tariflar e’lon qilinganidan beri 70 ga yaqin davlat muzokaralarni boshlash taklifi bilan Trampga murojaat qilgan.

Levit, shuningdek, Tramp AQSh bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan har bir davlat bilan individual savdo kelishuvlarini ishlab chiqishni buyurganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:17 09.04.2025. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!