AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazish uchun hech qanday chora ko‘rmayotgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi.
Bu haqda xorijiy OAVlar xabar berdi.
"Menda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hech qanday signal yo‘q. U mening pozisiyamni biladi. Va u yoki bu qarorni qabul qiladi", - dedi Tramp tegishli savolga javob berib.
Unga ko‘ra, AQSh Rossiyaning Ukrainadagi qadamlaridan qoniqmasa, chora ko‘radi. "Uning qarori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz bundan yoki qoniqamiz yoki norozi bo‘lamiz. Agar biz norozi bo‘lsak, nimadir bo‘lganini ko‘rasiz", - dedi Amerika rahbari, tafsilotlarni oshkor qilmasdan.