AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning qurol-yarog‘ zaxiralari to‘ldirilguniga qadar ittifoqchilarga qurol sotish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Newsmax telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Hozircha o‘q-dorilarni o‘zimizda olib qolyapmiz, chunki ular o‘zimizga kerak. Zaxiralarimizni to‘ldirganimizdan so‘ng ittifoqchilarimizga ularni sotishni boshlaymiz”, — dedi Tramp.
Shuningdek, u o‘q-dorilar tanqisligida AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenni aybladi. Trampning ta’kidlashicha, Bayden Ukrainaga juda ko‘p miqdorda qurolni bepul bergan.