Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "AQSh Kennediga uyushtirilgan suiqasdga oid yana 2000 ta hujjatni maxfiyligini bekor qiladi"

Tramp: "AQSh Kennediga uyushtirilgan suiqasdga oid yana 2000 ta hujjatni maxfiyligini bekor qiladi"

AQSh ma’muriyati bir necha hafta ichida Amerikaning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi haqidagi materiallarni maxfiylikdan chiqarish va nashr etish niyatida. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp ma’lum qildi.

Full Measure dasturiga bergan intervyusida u birinchi prezidentlik davrida ba’zi materiallarning sirini ochganini ta’kidladi: "Ammo o‘shandan beri ular va biz Kennedi haqida yana 2000 ta hujjat topdik" - dedi AQSh prezidenti.

"Arxiv chop etiladi, masala juda tez sur’atda ketmoqda. Men aytmoqchimanki, bu bir necha hafta ichida sodir bo‘ladi. Ha, haftalar ichida" - deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 01:13 17.03.2025. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!