Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi

Tramp AQSh Germaniyadagi qo‘shinlari sonini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi

Prezident Donald Tramp chorshanba kuni AQSh ma’muriyati Germaniyadagi qo‘shinlar sonini kamaytirish masalasini o‘rganayotganini va bu boradagi qaror yaqin orada qabul qilinishini bildirdi.

Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida Germaniya va boshqa NATO ittifoqchilarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishda yordam berish uchun o‘z harbiy-dengiz kuchlarini yubormaganini tanqid qildi.

Avvalroq Oq uyning yuqori lavozimli mulozimi Reuters agentligiga Tramp AQSh qo‘shinlarining bir qismini Yevropadan olib chiqib ketish imkoniyatini muhokama qilganini xabar qilgan edi.

​DMDC'ning (Mudofaa vazirligining kadrlar resurslari markazi) ma’lum qilishicha, 2025 yil dekabr holatiga ko‘ra, AQShning Yevropadagi doimiy bazalarida 68 000 dan ortiq harbiy xizmatchi bo‘lgan va ularning yarmidan ko‘pi, ya’ni 36 400 kishi aynan Germaniyada joylashtirilgan.

Germaniyaning harbiy rahbariyati esa Vashingtonda Berlinning alyansda yetakchi rolni egallashga intilishi va moliyaviy majburiyatlari AQSh rasmiylari tomonidan yuqori baholanganini bildirdi, biroq qo‘shinlarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lumot bermadi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!