Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp aldadimi? Oq uy Putin bilan muloqot bo‘lmaganini ma’lum qildi!

Tramp aldadimi? Oq uy Putin bilan muloqot bo‘lmaganini ma’lum qildi!

Oq uy inkor etdi: Tramp Putin bilan suhbatlashmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 13 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilmaganini Oq uy vakili Kerolin Livitt ma’lum qildi.

Ilgari Tramp 13 mart, payshanba kuni rossiyalik hamkasbi bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida xabar tarqatgandi. U Rossiya rahbari bilan samarali suhbat o‘tkazganini aytgan edi. Go‘yoki, ular bir qator muhim masalalarni muhokama qilishgan va hatto Ukrainadagi urush mavzusiga ham to‘xtalishgan. Shu bois, endi jangovar harakatlarni butunlay to‘xtatish va tinchlik o‘rnatish uchun jiddiy imkoniyat paydo bo‘lgandi.

Biroq, Oq uy vakili Tramp payshanba kuni Putin bilan samarali aloqalar haqida gapirganda o‘zini emas, balki o‘zining maxsus elchisi Stiv Uitkoffni nazarda tutganini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:15 14.03.2025. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!