Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Afg‘onistondagi "Bag‘ram" harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarish niyatida

Tramp Afg‘onistondagi "Bag‘ram" harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarish niyatida

AQSh Afg‘onistondagi "Bag‘ram" harbiy-havo kuchlari bazasi ustidan nazoratni qaytarib olishga harakat qiladi, dedi AQSh Prezidenti Donald Tramp.

“Afg‘onistonni tark etgach, biz o‘z kuchimiz va qadr-qimmatimizni u yerda qoldirdik. Biz "Bag‘ram"dagi yirik havo kuchlari bazasidan shunchaki voz kechdik va uni qaytarib olishga harakat qilamiz”, dedi Tramp payshanba kuni Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

AQSh Afg‘onistondan o‘z kontingentini 2021 yilning kuzida, Jo Bayden prezidentligi davrida olib chiqib ketdi. Amerika qo‘shinlari "Bag‘ram" harbiy-havo kuchlari bazasidan ham chiqib ketgan, deb xabar berdi interfax.ru.

Kiritildi: 13:47 19.09.2025. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!