Tramp administrasiyasi 75 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatgani uchun sudga berildi
The Guardian xabar berishicha, advokatlar koalisiyasi AQSh Davlat departamenti va davlat kotibi Marko Rubioga qarshi da’vo kiritgan.
Ularga ko‘ra, faqat fuqarolik yoki millatga qarab viza berishni rad etish amaldagi qonunchilikka zid va Konstitusiya normalarini buzadi.