Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
AQSh prezidenti ma’muriyati tariflar bo‘yicha muzokaralar chog‘ida savdo hamkorlariga import bo‘yicha joriy etilgan boj to‘lovlarini kamaytirish evaziga Xitoy iqtisodiyotini izolyasiya qilishni taklif qilmoqchi.
The Wall Street Journal'ning xabar berishicha, Vashington 70 dan ortiq savdo hamkori bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarda ulardan Xitoyning o‘z mamlakatlari orqali mahsulot yetkazib berishini taqiqlashni, Xitoy kompaniyalariga o‘z hududlarida faoliyat yuritishga ruxsat bermaslikni va Xitoydan arzon sanoat mahsulotlarini xarid qilmaslikni so‘raydi.
Nashr manbalarining aytishicha, qo‘yiladigan aniq talablar har bir davlatning Xitoy iqtisodiyotiga qanchalik bog‘liqligiga qarab farq qilishi mumkin.
Vashington Pekin bilan savdo urushi doirasida Xitoy mahsulotlariga 145% miqdorida boj joriy qilgan, Pekin bunga javoban 125% boj bilan javob qaytargan.