Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp 36 ta davlat fuqarolari uchun AQShga kirishni cheklamoqchi. O‘zbekiston ro‘yxatda bormi?

Tramp 36 ta davlat fuqarolari uchun AQShga kirishni cheklamoqchi. O‘zbekiston ro‘yxatda bormi?

AQSh 36 ta davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirish cheklovlarini joriy etmoqchi. Bu haqda The Washington Post nashri davlat departamenti hujjatlari bilan tanishgan holda xabar berdi, deb yozadi "Daryo" nashri.

Ro‘yxatga Afrikaning 25 davlati, jumladan, AQShning hamkorlari hisoblangan Misr va Jibuti, shuningdek, Karib dengizi hamda Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar kiritilgan. Markaziy Osiyo mintaqasidan Qirg‘iziston ham ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, quyidagi davlatlar ham ro‘yxatga kirgani aytiladi:
Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Butan, Burkina-Faso, Kabo-Verde, Kambodja, Kamerun, Kongo, Dominika, Efiopiya, Gabon, Gambiya, Gana, Kot-d’Ivuar, Liberiya, Malavi, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Janubiy Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Zambiya va Zimbabve.

Habarda ta’kidlanishicha:

“Bu tashabbus Tramp ma’muriyatining immigrasiya siyosatini kuchaytirishdagi yangi bosqich bo‘ladi.”

Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan imzolangan va amerikalik diplomatlarga yuborilgan hujjatga ko‘ra, yuqorida zikr etilgan davlatlar hukumatlariga davlat departamentining yangi talablarini bajarish uchun 60 kunlik muddat berilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu davlatlar qator mezonlarga javob bermaydi. Ayrimlarida ishonchli hujjatlarni beruvchi vakolatli idoralar yo‘q yoki keng ko‘lamli soxtakorlik holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, bu mamlakatlarning ko‘plab fuqarolari AQShda belgilangan muhlatdan ortiq turib qolmoqda.

Nashrning yozishicha, davlat departamenti va Oq uy bu haqda rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.

Kiritildi: 14:29 15.06.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!