Tramp amerikaliklarning narxlar oshishidan noroziligi kuchayib borayotgani fonida 200 dan ortiq oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojlarni bekor qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
"Ro‘yxatga mol go‘shti, qahva, tropik mevalar, choy, meva sharbatlari, kakao, ziravorlar, pomidor va ba’zi o‘g‘itlar kiritilgan. Ushbu mahsulotlarning ba’zilari AQShda ishlab chiqarilmaydi va ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan bojlar sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi", deya yozmoqda agentlik.
Qayd etilishicha, bunday qaror Donald Tramp o‘z pozisiyasini keskin o‘zgartirishini anglatadi, u uzoq vaqt davomida o‘zi joriy qilgan bojlar inflyasiyaga hissa qo‘shmasligini ta’kidlab kelgandi.