Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tram: Rossiya va Ukraina urushi - ikki bolaning mushtlashuvi

Tram: Rossiya va Ukraina urushi - ikki bolaning mushtlashuvi

Kreml Trampning Rossiya va Ukraina urushini ikki bolaning mushtlashuviga qiyoslagan bayonotiga munosabat bildirdi.

"Men Trampning bu bayonoti Qo‘shma Shtatlarning vositachilik missiyasini davom ettirishni istamasligidan dalolat beradi, deb o‘ylamayman. Bu yerda, shubhasiz, AQSh prezidentining sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z nuqtai nazari bo‘lishi mumkin. Biz uchun bu hayotiy masala, bu milliy manfaatlarimiz masalasi, xavfsizligimiz masalasi, o‘zimiz va farzandlarimiz kelajagi, mamlakatimiz istiqboli masalasidir", — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy jurnalistlarga.

Bir kun oldin AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina prezidentlari Putin va Zelenskiy bir-biridan "nafratlanishini" aytgan va ularning xatti-harakatlarini "ikkita bolaning mushtlashuvi"ga o‘xshatgan edi.

"Ba’zida ikki bolaning telbalardek urishayotganini ko‘rasiz. Ular bir-biridan nafratlanib, mushtlashadi, siz esa ularni ajratmoqchi bo‘lasiz. Ular buni istamaydi Ba’zida ularni yana biroz vaqt urishtirib qo‘yib, keyin ajratgan ma’qul", – deya ta’kidlagan edi AQSh prezidenti Oq uyda Germaniya kansleri bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.

Kiritildi: 08:53 07.06.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!